Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari Eron bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini saqlab qolmoqda, biroq Tehrondan ham shunga mos qadamlar kutilayotganini bildirmoqda.
Bu haqda Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan IISS Manama Dialogue forumining 22-yig‘ilishida Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (SSAGPZ) bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy ma’lum qilgan.
«Fors ko‘rfazi davlatlari mintaqadagi har qanday muammoni hal etish uchun doimo muloqot va muzokaralarga chaqirib kelgan va bugun ham shu yo‘ldan bormoqda», — dedi al-Budayviy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uyushmaga a’zo olti davlat Eron bilan ochiq aloqa kanallarini saqlab kelmoqda. Shuningdek, ular G‘arb davlatlari, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan ham sheriklik munosabatlariga ega.
«Yangi kelishmovchiliklar kuchayib borayotgan mintaqada barcha tomonlar bilan muloqot olib borish qobiliyati saqlanib qolgan kam sonli ustunliklardan biridir. Biroq diplomatiya o‘zaro javob qaytaradigan hamkorlarga muhtoj», — deya ta’kidladi u.