Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Flydubai"ning ikkinchi uchuvchisi 11 sentyabr teraktidan ilhomlanib, samolyotni Isroil aeroportiga urmoqchi bo‘lgan

"Flydubai"ning ikkinchi uchuvchisi 11 sentyabr teraktidan ilhomlanib, samolyotni Isroil aeroportiga urmoqchi bo‘lgan

Flydubai samolyotinining ikkinchivuchuvchisi 11 sentyabr teraktidan ilhomlanib, samolyotni Isroil aeroportiga urmoqchi bo‘lgan — BAA Bosh prokuraturasi.

Hammam al-Hammamiy 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan ilhom olib, samolyotni Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti terminaliga to‘qnashtirishni rejalashtirgan. U shu yo‘l bilan imkon qadar ko‘proq odamni o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Bu haqda BAA bosh prokurori Hamad Saif ash-Shamsiy ma’lum qildi.

BAA Bosh prokurorning aytishicha, O‘mon fuqarosi Hammam al-Hammamiy 2017 yilda Avstraliyada o‘qib yurgan paytida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tusha boshlagan. Bunga internetdagi targ‘ibot materiallari ta’sir ko‘rsatgan.

Hammam al-Hammamiy 2020–2024 yillarda Oman Air aviakompaniyasida ishlagan. The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, ekstremistik qarashlarda gumon qilingani sababli unga parvoz qilish taqiqlangan.

Shu yilning yanvar oyida Hammam al-Hammamiy Flydubai aviakompaniyasiga ishga kirgan. Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, ishga qabul qilinishidan oldin u barcha zarur tekshiruvlardan o‘tgan. Tekshiruvlarda uning ekstremistik qarashlari aniqlanmagan.

Hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Hammam al-Hammamiy Tel-Avivga ikki marta uchib borib, Ben-Gurion aeroporti va parvoz yo‘nalishini o‘rgangan. Hozir tergov davom etmoqda. Tergovchilar uchuvchining sheriklari bo‘lgan-bo‘lmaganini ham aniqlamoqda.

30 sentyabr kuni Hammam al-Hammamiy Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan samolyotning favqulodda vaziyatlar uchun mo‘ljallangan boltasi bilan hindistonlik kapitan Smit Machxarga hujum qilgan. Kapitan og‘ir yaralangan, samolyot esa keskin balandlik yo‘qota boshlagan. Samolyot 30 soniyadan sal ko‘proq vaqt ichida qariyb 5 kilometr pastlab, halokatga uchrashiga bir bahya qolgan.

Shunga qaramay, kapitan uchuvchilar kabinasi eshigini ochishga muvaffaq bo‘lgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari hujumchini qo‘lga olib, uning harakatlarini to‘xtatgan. Reysda yo‘lovchi sifatida ketayotgan boshqa uchuvchilar boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, samolyotni Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga eson-omon qo‘ndirgan.

Kiritildi: 21:24 10.10.2026. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!