Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, qariyb 230 ming barrel dizel yoqilg‘isi ortilgan kema Sankt-Peterburg portidan 22 sentyabrdayoq yo‘lga chiqqan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, kema Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelishuvlar e’lon qilinishidan ikki haftadan ko‘proq vaqt oldin dengizga chiqqan.
Kema AQShga taxminan 48-72 soat ichida yetib kelishi kerak, dedi dengiz tahlilchisi Mishel Vize Bokmann Vortexa tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib.
"MR toifasidagi tanker o‘tgan oy Rossiyaning Boltiqbo‘yi porti Sankt-Peterburgdan taxminan 280 ming barrel dizel yoqilg‘isi/benzin bilan jo‘natilganidan beri manzilini oshkor qilmagan," - deb yozdi u.
"Hozirda AQShga faqat bir nechta partiya import qilinishi mumkin. Bu hajmlar global taqchillikni bartaraf etishga yordam berishi yoki AQShdagi ichki narxlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi dargumon," - deya qo‘shimcha qildi Mishel Vize Bokmann.