Banklar endi kredit qarzi uchun kartadagi pullarni yechishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng mablag‘ni saqlab qolishi kerak
Adliya vazirligi tomonidan Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3030-13, 2026 yil 9 oktyabr).
2027 yil 10 yanvardan kuchga kiradigan yangi tartibga ko‘ra, mijozning roziligisiz kredit yoki kafillik to‘lovlarini undirishda banklar mijozning bank kartasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmiga teng mablag‘ni (bugungi kunda 680 ming so‘m) saqlab qolishi shart. 💳💰
Mazkur talab fuqarolarning eng zarur kundalik ehtiyojlari uchun mablag‘siz qolishining oldini olish va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Bundan tashqari, Markaziy bank 3030-son Nizomga kredit va kafillik to‘lovlarini mijozning bank kartasidan uning topshirig‘isiz yechish tartibiga oid yangi talab kiritdi.