Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShning yuqori martabali amaldorlari Grenlandiyaga tashrif buyuradi — Reuters

AQShning yuqori martabali amaldorlari Grenlandiyaga tashrif buyuradi — Reuters

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, delegasiyaga vise-prezident Jey Di Vensning rafiqasi Usha Vens rahbarlik qiladi. Uning tarkibga, shuningdek, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols va energetika vaziri Kris Rayt ham kiritilgan.

Tashrif 27-29 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, rasmiylar Qo‘shma Shtatlarning Grenlandiyadagi harbiy bazasini ko‘zdan kechirishni rejalashtirmoqda.

Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede amerikaliklarning tashrifidan asl maqsad "kuch namoyishi" ekanligini va Vashington vakillari bilan hech qanday rasmiy uchrashuv o‘tkazilmasligini aytdi.

"Yaqin-yaqingacha biz amerikaliklarga ishonishimiz mumkin edi. Ular bizning ittifoqdoshimiz va do‘stimiz edi. Lekin bu davr o‘tib ketdi", — deya fikr bildirdi Egede.

Kiritildi: 14:59 25.03.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!