Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQShning yangi yondashuvi Rossiya manfaatlariga xizmat qilishi mumkin

AQShning yangi yondashuvi Rossiya manfaatlariga xizmat qilishi mumkin

AQSh ma’muriyati Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha Abu-Dabida o‘tkaziladigan uch tomonlama muzokaralar arafasida o‘z yondashuvini o‘zgartirmoqda. The Washington Post nashri bu o‘zgarishni Rossiya manfaatlariga mos keladigan qadam sifatida baholadi.

Nashrga ko‘ra, Vashington muzokaralar kun tartibiga Yevropaning kelajakdagi xavfsizlik tizimiga oid masalalarni ham kiritishni rejalashtirmoqda. Bunday yondashuv Moskva ilgari surib kelgan talablarga yaqin bo‘lib, AQShning Ukrainadagi urushni tezroq tugatishga intilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Maqolada mazkur masalaning kun tartibiga kiritilishi Rossiya foydasiga yana bir o‘zgarish sifatida talqin qilingan.

Shuningdek, Vashington Kiyevni Moskva uchun maqbul shartlar asosida kelishuv tuzishga undashi mumkinligi haqidagi xavotirlar kuchaygan.

Bunga AQSh prezidenti Donald Trampning urush yakunlanganidan keyin Ukraina hududiy jihatdan «biroz boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi» mumkinligi haqidagi so‘zlari ham sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 05:39 10.11.2026. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik