Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShning strategik neft zaxiralari so‘nggi 40 yildagi eng past darajaga tushdi

AQShning strategik neft zaxiralari so‘nggi 40 yildagi eng past darajaga tushdi

AQShning strategik neft zaxiralari 23 oktyabrda yakunlangan hisobot haftasi oxirida 282,6 million barrelgacha kamaydi.

Bu haqda AQSh Energetika vazirligi ma’lumotlarida keltirilgan.

Shu bilan birga, strategik zaxiralar 1982 yil oktyabridan beri kuzatilmagan eng past ko‘rsatkichlarni yangilashda davom etmoqda.

Hisobot haftasi davomida AQShning strategik neft zaxiralari qariyb 100 ming barrelga qisqargan. Bundan ham past ko‘rsatkich 1982 yilda, 15 oktyabrda yakunlangan hisobot haftasi oxirida qayd etilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda zaxiralar 280,802 million barrelni tashkil etgan.

AQShning strategik neft zaxiralari joriy yil avgust oyi oxiridan boshlab 1982 yildagi eng past ko‘rsatkichlarni yangilay boshlagan. Oktyabr oyi boshida esa bu ko‘rsatkich 283 million barrelgacha tushgan.

AQShning strategik neft zaxirasi 1975 yilda, jahon energetika inqirozidan keyin, Kongress qarori bilan kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda foydalanish maqsadida tashkil etilgan.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!