Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.
Sergey Ryabkovning ta’kidlashicha, aynan shu sababdan Rossiya o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni joylashtirish bo‘yicha moratoriyni bekor qilishga qaror qilgan.
"Rossiya anchadan beri agar AQSh va uning ittifoqchilari o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni joylashtirish bo‘yicha siyosatida ijobiy o‘zgarishlar qilmasa, Moskva moratoriyni saqlab qolmasligidan ogohlantirib kelayotgan edi", — deya qo‘shimcha qildi Ryabkov.