Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShning rad etishi NATO birligiga putur yetkazadi

AQShning rad etishi NATO birligiga putur yetkazadi

AQShning Ukrainadagi ehtimoliy tinchlikparvar missiyada Yevropa qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi NATO birligiga tahdid solishi mumkin. Bu haqda Financial Times gazetasi keltirib o‘tgan Yevropa Ittifoqi diplomatining so‘zlari ma’lum qilindi.

Nashrning yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Amerika havo himoyasi yoki boshqa turdagi yordamni taklif etishdan bosh tortgani Ukrainada taklif etilayotgan tinchlikparvarlik missiyasiga jiddiy shubha uyg‘otgan. "Hech kim Ukrainadagi jang chizig‘ida AQShning qo‘llab-quvvatlashisiz oz sonli Yevropa qo‘shinlarini ko‘rishni istamaydi," - dedi Yevropa Ittifoqi diplomati. U yana qo‘shimcha qildi: "Agar biror narsa sodir bo‘lsa, bu NATO birligiga katta zarar yetkazadi."

15 mart kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukraina bo‘yicha onlayn sammit yakunida "xohlovchilar koalisiyasi" mamlakatlarining harbiy rahbarlari 20 mart kuni Londonda Ukrainaga qo‘shin yuborishning operasion tafsilotlarini muhokama qilish uchun to‘planishini ma’lum qildi.Britaniya hukumati boshlig‘i ta’kidlashicha, bir qator mamlakatlar Ukrainadagi "tinchlikparvar kuchlar" missiyasida ishtirok etish bo‘yicha "aniq majburiyatlar" olgan, biroq kelishuvlar tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Kiritildi: 22:42 17.03.2025. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!