AQShning Eron operasiyasiga sarflagan harbiy xarajatlari qariyb 50 kunlik faol jangovar harakatlar davomida 56,1 milliard dollardan oshdi.
Bu haqda Eron urushi xarajatlarini kuzatuvchi portal xabar bermoqda.
Real vaqt rejimida kuzatuv resursi Pentagonning 10 mart kuni AQSh Kongressi uchun o‘tkazgan brifingidan olingan ma’lumotlarga asoslangan. Ushbu brifingda Vashington Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar dastlabki olti kunida 11,3 milliard dollar sarflagani va mojaroning keyingi har bir kuni uchun taxminan 1 milliard dollar sarflashni rejalashtirgani aytildi.
Ta’kidlanishicha, bu raqamga qo‘shinlarni ko‘chirish va harbiy texnikani tiklash kabi ayrim xarajatlar kiritilmasligi mumkin. Shuning uchun, haqiqiy xarajatlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin.