AQSh ikkita kichik fuqarolik yuk kemasiga o‘q uzdi, natijada besh kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi harbiy manbaga tayanib xabar berdi.
"AQSh IIQK tezyurar qayiqlari o‘rniga ikkita kichik yuk kemasiga o‘q uzdi, besh tinch aholi halok bo‘ldi", deyiladi xabarda.
Tasnim xabar berishicha, fuqarolik yuklarini tashiyotgan kemalar Ummonning Hasab portidan Eron qirg‘og‘iga ketayotgan edi. Hodisa AQSh bir nechta Eron qayiqlarini cho‘ktirgani haqidagi xabarlarni tekshirgandan so‘ng aniqlandi.
Bir kun oldin AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari admiral Bred Kuper AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozida oltita kichik Eron tezyurar qayiqlarini cho‘ktirganini e’lon qildi. Tehron bu xabarlarni rad etdi.