O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gruziyada qo‘lga olinib, ekstradisiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi
Ma’lum qilinishicha, Interpolning Tbilisi shahridagi Milliy markaziy byurosi bilan o‘tkazilgan muvofiqlashtirilgan tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxs joylashgan manzil aniqlanib, ushlandi.
Gruziya Adliya vazirligi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining iltimosnomasini qanoatlantirgach, ekstradisiya qilingan shaxs Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari bevosita ishtirokida keyingi prosessual harakatlarni o‘tkazish hamda O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortish uchun Toshkent shahriga olib kelindi.