Tehron davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli fregatga ikkita raketa kelib tushgan.
Eron tomonining da’vo qilishicha, AQSh harbiy kemasi Jask shahri yaqinida bo‘lgan va Tehronning ogohlantirishlariga javob bermagan. Xabarda aytilishicha, raketa zarbalaridan so‘ng kema ortga chekingan.
Hozircha kemaga qanchalik shikast yetgani yoki jarohatlanganlar borligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ushbu xabarlar rasman yoki mustaqil manbalar tomonidan hali tasdiqlanmadi.