Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

AQShning Eron bilan kelishuvi Netanyahu uchun "achchiq dori" bo‘ladi – Axios

AQShning Eron bilan kelishuvi Netanyahu uchun "achchiq dori" bo‘ladi – Axios

Agentlik manbalarining xabar berishicha, Tramp Isroil rahbariyatiga Tehron bilan yaqin kunlarda kelishuv imzolashni va urushni yakunlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Telefon muloqoti chog‘ida Isroil ushbu qarorga faol qarshilik ko‘rsatmagan va jarayonga xalaqit bera olmasligini amalda tan olgan.

Axios’ning qayd etishicha, Isroil boshidanlq bu nizo Eronda hokimiyat almashishiga olib keladi, deb umid qilgan edi. Endilikda esa ehtimoliy tinchlik kelishuvi siyosatchilarning bir qismi o‘rtasida norozilik uyg‘otyapti, ular hukumatni mamlakat Vashington shartlarini qabul qilishga majbur bo‘layotganlikda ayblamoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq Isroil Eronning energetika va infratuzilma tizimiga keng ko‘lamli zarbalar berishni rejalashtirgan, biroq Vashington so‘nggi paytda bu ssenariyni to‘xtatib qolgan. Shundan so‘ng Isroil rasmiylari muzokaralar jarayonidan deyarli chetda qolishgan va muzokaralar borishi haqidagi ma’lumotlarni Qo‘shma Shtatlardagi o‘z aloqalari orqali qidirishga majbur bo‘lishgan.

Isroilda kelishuv imzolanganidan so‘ng Eron neft eksportini oshirishi, iqtisodiyotini barqarorlashtirishi va jiddiy yon bosishlarsiz yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarni cho‘zishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.

Bundan tashqari, Isroilning Livandagi "Hizbulloh"ga qarshi harakatlari cheklanishi ehtimoli ham xavotir uyg‘otyapti. Vashingtonda esa Isroil yakuniy shartlar bilan tanishib chiqqach, ushbu kelishuvni qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirilmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!