Bu haqda Pentagon hisob-kitoblariga tayanib Axios xabar berdi.
Pentagon rasmiylariga ko‘ra, 13 apreldan beri AQSh harbiylari neft va boshqa “kontrabanda yuklari” bilan blokadani buzib o‘tishga uringan 40 dan ortiq kemaning yo‘nalishini o‘zgartirgan. Jami 53 million barrel Eron nefti ortilgan 31 ta tanker Fors ko‘rfazida qolib ketgan, ularning qiymati kamida 4,8 milliard dollarga baholangan. Shuningdek, ikkita kema AQSh tomonidan qo‘lga olingan.
"Eron mamlakatdagi omborlar to‘layotgani sababli eski tankerlardan suzuvchi ombor sifatida foydalanmoqda va ularga neftni yuklamoqda. Ba’zi tankerlar AQShning dengizdagi blokadasidan qo‘rqib, Xitoyga neft yetkazib berish uchun qimmatroq va uzoqroq yo‘lni tanlamoqda", deya yozmoqda Axios.