 
        Bunga Trampning tarafdori Charli Kirk o‘ldirilgani bilan bog‘liq voqea sabab bo‘lgan, deb yozmoqda The Atlantic.
"AQSh ma’muriyatining kamida olti nafar a’zosi, jumladan davlat kotibi Marko Rubio va Pentagon rahbari Pit Hegset xavfsizlik maqsadida harbiy ob’ektlarda joylashgan. Ular nafaqat ehtimoliy zo‘ravonlikdan, balki norozilik namoyishlaridan ham himoyalanishga urinmoqda. Rubio va Hegset Fort-Makneyrdagi “generallar mavzesi”da yashamoqda", deya xabar bermoqda nashr.
The Atlantic'ning qayd etishicha, bu qadam Qo‘shma Shtatlardagi siyosiy qutblanishning kuchayganini aks ettiradi va yuqori martabali zobitlar uchun uy-joy tanqisligini yuzaga keltiradi.
Donald Trampning ta’sirli ittifoqchisi, konservativ faol Charli Kirk 10 sentyabr kuni Yuta shtatidagi universitetda chiqish qilayotgan vaqtida suiqasd qurboni bo‘lgan edi. Uning o‘ldirilishida gumonlanuvchi sifatida Tayler Robinson qo‘lga olingan. 
 
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi