Amerika Qo‘shma Shtatlari sharqiy vaqti bilan 3 noyabr soat 23:59 dan AQShga xorijdan uchuvchi barcha yo‘lovchilar, jumladan, tranzit yo‘lovchilar deklarasiya to‘ldirishi shart bo‘ladi.
Talab Ebola kasalligining AQShga kirib kelish xavfini kamaytirish maqsadida joriy etilmoqda.
Yo‘lovchi parvozdan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasida bo‘lmaganini tasdiqlovchi qog‘oz yoki elektron deklarasiyani to‘ldirib, imzolashi kerak.
Ushbu mamlakat aeroporti orqali tranzit o‘tish ham, hatto samolyot yoki aeroportdan chiqilmagan bo‘lsa-da, mamlakatda bo‘lganlik hisoblanadi.
18 yoshga to‘lmaganlar uchun hujjatni ota-ona, vasiy yoki boshqa vakolatli shaxs imzolaydi. Deklarasiyani taqdim etmagan yo‘lovchilar reysga qo‘yilmaydi.