Joriy yilning 30 aprel kuni AQSh hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan va deportasiya qilinadigan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolari «Nyu-York – Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha maxsus reys bilan vatanga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, maxsus charter reysda qariyb yuz nafar O‘zbekiston, shuningdek, Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston fuqarolari ham bo‘lgan. Ular Toshkentga kelgach, shu yerdan o‘z mamlakatlariga qaytishni rejalashtirgan.
«Vatanga qaytarilgan aksariyat fuqarolar AQSh chegarasini noqonuniy yo‘l bilan kesib o‘tishga uringani sababli uzoq vaqt davomida migrasiya markazlarida qolib ketishgan», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ularning aksariyati AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringani tufayli migrasiya markazlarida uzoq oylar davomida qolib ketgan.