Pensilvaniyadagi (AQSh) US Steel zavodida yuz bergan portlash qurbonlari soni ikki kishiga yetdi.
Bu haqda NBC News telekanali manbasiga tayanib xabar berdi.
"Pitssburg hududidagi po‘lat ishlab chiqaruvchi kompaniyada yuz bergan portlashda ikki kishi halok bo‘ldi”, — dedi manba.
US Steel kompaniyasi bosh direktori Devid Berritning aytishicha, keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida, avvalroq bedarak yo‘qolgan deb topilgan, halok bo‘lgan kompaniya xodimining jasadi topilgan.
Bundan tashqari, 10 kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, zavoddagi portlash dushanba kuni sodir bo‘lgan. Bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.