Pensilvaniya shtatidagi Villanova universitetida otishma yuz berdi, polisiya voqea joyida ish olib bormoqda.
Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Maktab ma’muriyati talabalarni Skarpa-Xoll yuridik maktabidan uzoqroq turishga chaqirdi. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi, dedi universitet.
Huquq-tartibot idoralari huquqshunoslik fakultetida jabrlanuvchilar yoki gumonlanuvchilarni tekshirmoqda, ammo otishma aynan nima bilan bog‘liqligi hozircha noma’lum.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, otishma haqidagi xabarlar Chattanugadagi Tennessi universitetida otishma bo‘lganligi haqidagi yolg‘on xabardan bir necha soat o‘tib kelgan.