Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

AQShdagi stomatologiya klinikasida Olli laqabli kuchukcha ishlaydi.

AQShdagi stomatologiya klinikasida Olli laqabli kuchukcha ishlaydi.

U bemorlarga qo‘rquvini yengishda yordam beradi

AQShning Minneapolis shahrida “J&D Dental” klinikasida Olli laqabli kuchuk ishlaydi. U tishlarini davolatishdan qo‘rqadigan bemorlarga ruhan yordam beradi.

Bir kuni stomatolog Eypril Klaynning oilasi tishlarni tozalash uchun klinikaga tashrif buyurdi. Uning turmush o‘rtog‘i stomatologik asboblardan qo‘rqardi. Uning qo‘rquvini sezgan kuchuk bemor ustiga sakrab o‘tirib oldi va uyquga ketdi. Ollini qurilma tovushlari ham bezovta qilmadi. Eyprilning eri bundan so‘ng ancha tinchlandi va kuchukcha boshqa bezovta bemorlarga ham yordam berishi mumkinligi g‘oyasini o‘ylab topdi. Klinika rahbari bunga rozilik bildirdi va shu tariqa Olli nafaqat uy hayvoni balki stomatologlarning hamkasbiga aylandi.

Kiritildi: 22:06 23.02.2024. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!