Shanba kuni Amerikaning Indianapolis shahrida (Indiana shtati) otishma yuz berdi, ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda shahar polisiyasi X ijtimoiy tarmog‘i sahifasi orqali xabar berdi.
"Otishmada kamida yetti kishi yaralandi, jumladan, ikki kishi halok bo‘ldi", — deyiladi shahar polisiyasi shanba kuni e’lon qilgan xabarda.
Indianapolis polisiyasi voqea tafsilotlarini ma’lum qilmagan. ABC nashrining qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlar orasida 15 va 16 yoshli o‘smirlar bo‘lgan, ulardan biri voqea joyida vafot etgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida 16 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ham bor. Qayd etilishicha, polisiya hozircha jinoyat aybdorini topmagan.