Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQShda Trampga qarshi chiqishmoqda

AQShda Trampga qarshi chiqishmoqda

AQSh spikeri Nensi Pelosi Oq uy rahbari Donald Trampning ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish qarorini tanqid qildi.

Pelosining so‘zlariga ko‘ra, Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomani yangi bitim bilan almashtirmasdan undan chiqish mamlakatning jahon hamjamiyatidagi obro‘siga putur yetkazadi. “Prezidentning ketishi Amerikani va bizning ittifoqdoshlarimizni sarosimaga solib qo‘yadi va dushmanlarimizga dalda beradi. Ushbu qaror rossiyaliklarga o‘zlarining yomon xatti-harakatlarini bemalol davom ettirishlari mumkinligiga aniq ishora qiladi”, – dedi AQSh Vakillar palatasi spikeri.

Siyosatchi Trampni AQSh xavfsizligini ta’minlaydigan "uzoq vaqtdan beri davom etayotgan xalqaro shartnomalarga qarshi hujumlarni" to‘xtatishga chaqirdi. "Biz Amerikaning xavfsizligini ta’minlash uchun NATO va transatlantik sheriklarimiz yonida kuchli, aqlli va strategik bo‘lishimiz kerak", – deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq AQShning ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish to‘g‘risidagi qarori haqida ma’lum bo‘lgan edi. Oq uy bunda Moskvani aybdor qildi – go‘yo Rossiya AQShning parvozlari paytida Amerika prezidenti turgan joyni kuzatgan. Moskva esa Vashingtonning ayblovlarini rad etdi.

1992 yilda YEXHTga a’zo 23 davlat o‘rtasida tuzilgan shartnoma ishtirokchi davlatlarga harbiy harakatlar va qurol nazorati bo‘yicha mavjud shartnomalarga rioya qilingan holda bir-birlarining hududlariga inspeksiya parvozlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Kiritildi: 14:46 23.05.2020. O'qildi: 2788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!