Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQShda sobiq harbiy otib o‘ldiriladi: qatl jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilishi aytilmoqda

AQShda sobiq harbiy otib o‘ldiriladi: qatl jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilishi aytilmoqda

AQSh armiyasining sobiq mayori Nidal Malik Hasan 3 dekabr kuni otib o‘ldirilishi kutilmoqda. U 2009 yilda 13 nafar harbiyning o‘limiga sabab bo‘lgan otishmada aybdor deb topilgan. Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, qatl jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi. Bu AQSh harbiylari tomonidan 1945 yildan beri otib o‘ldirish orqali amalga oshiriladigan birinchi qatl bo‘ladi.

56 yoshli Hasanni otib o‘ldirish taklifini AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset ilgari surgan, prezident Donald Tramp esa bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

«Ikkinchi jahon urushi davrida bizda bo‘lgan ruhiyat menga ma’qul», — deya Hegsetning so‘zlarini keltirgan AFP agentligi.

Falastin kelib chiqishiga ega AQSh fuqarosi Nidal Hasan 2009 yil 5 noyabr kuni Fort-Hud harbiy bazasida tibbiy ko‘rik uchun yig‘ilgan qurolsiz hamkasblariga qarata o‘q uzgan. Hujum vaqtida u «Allohu akbar!» deb baqirgan. Javob o‘qi natijasida Hasan yaralangan va shundan beri oyoqlari falaj holatda qolgan.

Harbiy shifokor o‘z harakatlarini Afg‘onistondagi musulmonlarni amerikalik harbiylardan himoya qilish istagi bilan izohlagan.

2013 yilda Hasan ayblovning barcha 32 ta bandi bo‘yicha aybdor deb topilib, harbiy tribunal tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilingan. Sud jinoyat «Al-Qoida» terrorchilik tarmog‘i mafkurasidan ilhomlangan holda sodir etilganini aniqlangan deb hisoblagan. Shundan beri Hasan Kanzas shtatidagi harbiy qamoqxonada saqlanmoqda.

AFP agentligi qayd etishicha, Tramp 2025 yil boshida Oq uyga qaytganidan keyin AQShda ijro etilgan o‘lim jazolari soni keskin oshgan. Mamlakatning beshta shtatida sud hukmi bilan otib o‘ldirish usuliga qonunan ruxsat berilgan.

Kiritildi: 20:50 09.10.2026. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!