Texas qishloqlarida qizamiqqa qarshi emlanmagan bola vafot etdi, deya xabar beradi Euronews.
Xabar qilinishicha, bu Qo‘shma Shtatlarda 2015 yildan beri qizamiqdan birinchi o‘lim holatidir.
Texas rasmiylariga ko‘ra, shtatda kasallikning 124 ta holati qayd etilgan. Qo‘shni Nyu-Meksiko shtatida 9 ta holat qayd etilgan.
Texas rasmiylari ta’kidlashicha, odatda xavfli virusli kasallik chet elda bo‘lgan odamlar tomonidan olib kelinadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasidan keyin butun dunyo bo‘ylab qizamiqga qarshi emlashlar soni kamaygan. AQShda ko‘pchilik shtatlar hozirda qizamiq virusidan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan yosh bolalarni emlash uchun 95% chegaradan past.