Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

AQShda Pentagon rahbari Pit Hegsetning faoliyatidan norozilik kuchaymoqda

AQShda Pentagon rahbari Pit Hegsetning faoliyatidan norozilik kuchaymoqda

Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma’lum qildi.

Hegset Oq uy va qonun chiqaruvchilar, jumladan, Respublikachilar partiyasi vakillarining tanqidiga uchradi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, norozilikka Pentagon rahbari lavozimga kirishganidan beri bir qator boshqaruv xatolariga yo‘l qo‘ygani va Pentagon kabi yirik miqyosdagi tashkilotlarni boshqarish tajribasiga ega emasligi sabab bo‘lgan.

Hozirda AQSh Mudofaa vazirligida 3,4 million nafar xodim ishlaydi, uning byudjeti esa deyarli 1 trillion dollarga yetadi.

E’tiroz Yamandagi operasiyalar haqidagi ma’lumotlarning Signal’ga sizib chiqishi bilan bog‘liq mart voqeasidan keyin keskinlashgan.

Kiritildi: 23:45 02.08.2025. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!