AQSh Adliya vazirligi 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi vaqtida "Rashageyt"ga aloqadorligi taxmin qilinayotgan Obama ma’muriyatining sobiq amaldorlariga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda The New York Post nashri yozmoqda.
"Katta huquqiy rivojlanish o‘sha paytdagi prezident Barak Obamaga xizmat qilgan vazirlar mahkamasi a’zolariga nisbatan jinoiy ayblovlar qo‘yish uchun zamin yaratadi”, deyiladi maqolada.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Milliy razvedkaning sobiq direktori Jeyms Klapper, Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan va Federal qidiruv byurosining sobiq direktori Jeyms Komiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard AQShning sobiq rahbari Barak Obamani mamlakat razvedkasi bilan manipulyasiya qilganlikda ayblanib, davlatga xiyonat qilish bilan tahdid qilgan edi.