Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda noqonuniy muhojirlarga ming dollar — Vatanga ketsangiz, pul olasiz!

AQShda noqonuniy muhojirlarga ming dollar — Vatanga ketsangiz, pul olasiz!

AQSh noqonuniy muhojirlarga mamlakatdan chiqib ketishlari uchun ming dollardan beradi.

AQSh hukumati noqonuniy muhojirlarga vatanga qaytish uchun chiptalar xarajatlarini qoplaydi va mamlakatni tark etganliklari tasdiqlanganidan so‘ng ularga ming dollardan to‘laydi, deb xabar qildi dushanba kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Ichki xavfsizlik vazirligi.

To‘lovni olishni xohlovchi muhojirlar CBP Home mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tishlari, chiqib ketish to‘g‘risida xabarnoma yuborishlari va AQSh hududini tark etganliklarini tasdiqlashlari lozim. Shundan so‘ng ularga bir martalik 1 ming dollar miqdoridagi mablag‘ o‘tkazib beriladi.

"Agar siz AQShda noqonuniy tursangiz, o‘z-o‘zini deportasiya qilish qamoqqa olinishdan qochishning eng yaxshi, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali yo‘lidir," dedi DHS rahbari Kristi Noem Fox News telekanaliga bergan maxsus izohida.

Kiritildi: 21:55 05.05.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!