Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda Maduroni ag‘darish masalasi muhokama qilinmoqda

AQShda Maduroni ag‘darish masalasi muhokama qilinmoqda

Reuters yozishicha, AQSh yaqin kunlar ichida Venesuelaga oid operasiyalarning yangi bosqichini boshlashga tayyorlanmoqda.

Ikki nafar amerikalik amaldorning ma’lum qilishicha, Tramp ma’muriyati ko‘rib chiqyotgan variantlaridan biri — Maduroni hokimiyatdan ag‘darishga urinishdir.

❕ AQShning Karib mintaqasidagi harbiy faolligi bir necha oydan beri kuchayib bormoqda. Tramp esa SRUga Venesuelada maxfiy operasiyalar o‘tkazishga ruxsat bergan. AQSh Federal fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi (FAA) juma kuni yirik aviakampaniyalarni Venesuela ustida parvoz qilishda «potensial xavfli vaziyat» haqida ogohlantirib, ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Dushanba kuni AQSh Cartel de los Soles guruhini AQShga ushbu kartel tomonidan giyohvand moddalar yetkazib berishdagi o‘rni uchun xorijiy terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi. Tramp ma’muriyati Maduroni ushbu kartelga rahbarlik qilganlikda ayblamoqda, Maduro esa buni rad etadi.

Trampning aytishicha, ushbu maqomni berish AQShga Venesuelada Maduro nazoratidagi aktivlar va infratuzilmalarga zarba berish imkonini beradi. Biroq u diplomatik yechimga umid qilib, muzokaralarga ham tayyorligini bildirgan.

AQShning eng yirik avianosesi USS Gerald R. Ford 16 noyabr kuni zarba berish guruhi bilan birga Karib mintaqasiga yetib keldi. U yerda kamida yettita boshqa harbiy kema, atom suvosti kemasi va F-35 samolyotlari ham bor.

Sentyabr oyidan buyon AQSh qo‘shinlari Karib dengizi va Tinch okeanida giyohvand modda tashishda gumon qilingan kemalarga kemi bilan 21 marta zarba bergan, natijada kamida 83 kishi halok bo‘lgan.

Huquqni himoya qilish tashkilotlari bu zarbalarni tinch aholiga nisbatan qonunsiz suddan tashqari qatllar sifatida qoralab, ayrim AQSh ittifoqchilari Vashingtonning xalqaro huquqni buzishi mumkinligidan tashvish bildirdi.

Kiritildi: 17:40 23.11.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!