Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda jangida mag‘lub bo‘lganidan bir necha soat o‘tib, 37 yoshli bokschi vafot etdi

AQShda jangida mag‘lub bo‘lganidan bir necha soat o‘tib, 37 yoshli bokschi vafot etdi

Meksikalik bokschi Pedro Antonio Rodriges (15-26-3, 7 KO) AQShning Feniks shahrida o‘tkazilgan jangda mag‘lub bo‘lganidan keyin olamdan ko‘z yumdi.

Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

37 yoshli bokschi 21 yashar amerikalik Filipp Vell bilan jangdan so‘ng ertalab mehmonxona xonasida o‘lik holda topildi. Pedro jangda ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi.

Bellashuvdan keyin Rodriges mehmonxonaga qaytib, boshqa bokschilar bilan kechki ovqatga borishga rozi bo‘lgan. Biroq, qabulxonada ko‘rinmagan. Ertasi kuni ertalab bokschining jasadi o‘z xonasidan topilgan. Hozirda polisiya uning o‘limi sabablarini o‘rganmoqda.

Kiritildi: 23:45 09.07.2025. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!