Amerikaning Montana shtatidagi Kalispell shahrida ikki samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida ikki kishi yengil tan jarohati olgan.
Bu haqda KPAX News xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yengil samolyot qo‘nish uchun aeroportga yaqinlashayotgan edi, biroq keyin uchish-qo‘nish yo‘lagida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lakdagi boshqa samolyotga urilgan.
To‘qnashuvdan so‘ng voqea joyida katta yong‘in kelib chiqqan, yong‘in o‘tlarga o‘tgan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish bo‘limlari va polisiya xodimlari allaqachon yetib borgan. AQSh Federal Aviasiya ma’muriyati hodisa yuzasidan tergov olib boradi.