Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQShda harbiy baza yaqinida meduzaga o‘xshash sirli jism paydo bo‘ldi

AQShda harbiy baza yaqinida meduzaga o‘xshash sirli jism paydo bo‘ldi

AQShning Alyaska shtatida joylashgan harbiy baza yaqinida meduza shaklini eslatuvchi noma’lum uchuvchi jism tasvirga olingani xabar qilindi.

Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, voqea 15 iyun kuni Ankorij shahrida sodir bo‘lgan. Sara Jeyn Osborn ismli ayol kamalakni suratga olayotganida daraxtlar ustida g‘ayrioddiy qora jismni payqagan.

Guvohning ta’kidlashicha, jismning pastki qismida osilib turgan uzun o‘simtalar bo‘lib, ular mustaqil harakatlangan. Ob’ekt taxminan uch daqiqa davomida osmonda ko‘rinib turgan va keyin g‘oyib bo‘lgan.

Sirli jism AQShning Elmendorf–Richardson qo‘shma harbiy bazasi yaqinida kuzatilgani aytilmoqda.

Hozircha ob’ektning kelib chiqishi aniqlanmagan. Uning o‘zga sayyoraliklarga aloqadorligi haqida hech qanday ishonchli dalil yo‘q. Videoning haqiqiyligi ham mustaqil tasdiqlanmagan.

Kiritildi: Bugun 13:54. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik