Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQShda harbiy baza hududiga kirib qolgan ikki nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi

AQShda harbiy baza hududiga kirib qolgan ikki nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi

Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda.

AQShning Kaliforniya shtatida Rossiyaning ikki fuqarosi Kemp-Pendlton harbiy bazasi hududiga noqonuniy kirib kelganlikda gumonlanib qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda nashr.

Rossiyaning AQShdagi elchixonasining ma’lum qilishicha, ikki nafar ayol immigrasiya va bojxona xizmati vakillariga topshirilgan va hozirda deportasiya jarayonini kutmoqda.

Shu kuni Shot Telegram-kanali Kaliforniyada ikki rossiyalik ayolning qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Kanal ma’lumotiga ko‘ra, ular AQSh bo‘ylab avtomobilda sayohat qilayotganida navigator orqali eng yaqin McDonald's'ni qidirish chog‘ida adashib harbiy baza hududiga kirib qolgan.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!