Kaliforniyada halokatga uchragan AQSh Harbiy-havo kuchlarining B-52 Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti bortida Boeing xodimlari bo‘lgan.
Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.
Bayonotda B-52 bortida ikki Boeing xodimi bo‘lgani aytilgan. Biroq, kompaniya strategik bombardimonchi samolyot bortida ularning aniq nima bilan shug‘ullanganiga aniqlik kiritmadi.
Kecha AQSh Harbiy-havo kuchlarining B-52 Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti "Edvards" aviabazasidan parvozdan ko‘p o‘tmay halokatga uchragani haqida xabar berilgan edi. Halokat soat 11:20 da sodir bo‘lgan. Hodisadan so‘ng, xodimlar favqulodda vaziyatlarga javob berish operasiyalariga e’tibor qaratishlari uchun aviabaza vaqtincha yopildi.
B-52 Stratofortress Harbiy-havo kuchlarining eng qadimgi samolyotlaridan biri bo‘lib, birinchi marta 1955 yilda foydalanishga topshirilgan. Ushbu uzoq masofali, og‘ir bombardimonchi samolyot odatda besh kishilik ekipajni tashiydi. U shuningdek, yadroviy bombalar va kruiz raketalarini ham tashishi mumkin. B-52Hning operasion versiyasi hali ham AQSh Harbiy-havo kuchlarining arsenalida muhim rol o‘ynaydi, unga 76 ta shunday samolyot kiradi. Ushbu samolyot AQSh va Eron o‘rtasidagi hozirgi mojaro paytida bombardimon missiyalarida ishlatilgan.