Maurisio Pochettino AQShda futbolga boshqacha munosabatda bo‘lishlarini ta’kidladi.
Argentinalik mutaxassis 2024 yilning sentyabridan beri milliy jamoani boshqarib kelmoqda.
«Men buni qiziqarli sinov deb hisoblayman. Bu birgalikda meros qoldirish va tarixga kirish uchun ajoyib imkoniyat. AQShdagi muammo shundaki, bu yerda futbolga shunchaki yoqimli o‘yin sifatida qaraladi. Boshqa mamlakatlarda esa bu kurashish, jang qilish kerak bo‘lgan o‘yin.
Shuni tushunishimiz kerakki, futbol jamoaviy o‘yin ekanligini, AQSh milliy jamoasi esa shunchaki nomdan ko‘ra ko‘proq narsa ekanligini anglashib yetishimiz lozim» – deya Pochettino so‘zlaridan keltiradi Fox Sport.