AQShning Kanzas shtatidagi Uichito shahrida futbol o‘yini davom etayotgan vaqtda yuk mashinasi maydonga chiqib ketib, odamlarni urib yubordi. Bu haqda Reuters agentligi polisiya ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi, jumladan, olti yoshli bola halok bo‘lgan. Yana 11 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.