Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQShda Donald Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Donald Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi
Ushbu tanga Qo‘shma Shtatlar mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan. U esdalik uchun emas, balki kundalik foydalanishga mo‘ljallangan. Tangalarning bir tomonida AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning portreti hamda Liberty (Ozodlik) va In god we trust (Biz Xudoga ishonamiz) yozuvlari bor. Ikkinchi tomonida esa qalqonida 250 raqami bo‘lgan AQSh prezidenti muhrining tasviri tushirilgan. AQSh zarbxonasiga ko‘ra, bu tangalar mamlakat mustaqilligining 250 yillik yubileyida millat ruhini, g‘ururini va merosini aks ettiradi. Qo‘shma Shtatlarda deyarli 100 yildan beri tirik insonning surati valyutaga tushirilmagan edi. Shu sababli bu holat keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Chunki bunday sharaf odatda faqat allaqachon vafot etgan davlat arboblariga beriladi.
Kiritildi: 12:11 04.09.2026. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!