Qo‘shma Shtatlarda B-52 Stratofortress strategik bombardimonchi samolyotining halokati oqibatida sakkiz nafar ekipaj a’zosining barchasi halok bo‘ldi.
Bu haqda "Edvards" havo kuchlari bazasi ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, samolyot odatiy sinov parvozini amalga oshirayotgan edi va parvozdan ko‘p o‘tmay qulagan.
Hodisa Los-Anjelesdan taxminan 160 km shimolda joylashgan Moxave cho‘lida sodir bo‘lgan.
Hodisa sababi hozirda tergov qilinmoqda.