Amerikaning Alyaska shtatiga qarashli Aleut orollari yaqinida 6,0 magnitudali zilzila qayd etildi.
Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi 298 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Ankorij shahridan 1537 km janubi-g‘arbda joylashgan. Zilzila episentri 54 km chuqurlikda joylashgan.