Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh yuk tashish bizneslari va yuk mashinasi haydovchilariga qarshi urush e’lon qildi

AQSh yuk tashish bizneslari va yuk mashinasi haydovchilariga qarshi urush e’lon qildi
Xabarlarga ko‘ra, Immigrasiya xizmati, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Transport vazirligi birgalikda haydovchilar, haydovchilarni tayyorlovchi maktablar, test markazlari, yuk tashuvchi truck kompaniyalari va ularga lisenziya beruvchi shtat organlari ustigan federal darajada keng ko‘lamli tekshiruvlar boshlagan. Allaqachon 28 ming haydovchi ingliz tilini yetarli darajada bilmagani uchun yuk mashinasini haydash lisenziyasidan mahrum qilingan. 300 ga yaqin haydovchilikka tayyorlash maktablari yopilgan. Federal agentlar yuzlab truck bizneslari ustidan tekshiruv boshlagan. Ular CDL guvohnomalarini noqonuniy qo‘lga kiritish, ishlash huquqiga va tegishli immigrasion maqomga ega bo‘lmagan xorijliklarni ishga yollash kabi qonunbuzarliklarda ayblanmoqda.
Kiritildi: 14:05 02.09.2026. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!