Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh yaqin ikki oy ichida Suriyadagi 1000 nafar askarini to‘liq olib chiqishi mumkin

AQSh yaqin ikki oy ichida Suriyadagi 1000 nafar askarini to‘liq olib chiqishi mumkin

AQSh yaqin ikki oy ichida Suriyadagi 1000 nafar askarini to‘liq olib chiqishni rejalashtirmoqda — Al Arabiya.

"AQSh Suriyaning yangi hukumati bilan yaxshi aloqalar o‘rnatgani, ISHIDga qarshi kurashda muhim rol o‘ynagan kurdlarning Suriya Demokratik kuchlari rasmiy Damashq bilan kelishuvga erishgani ortidan mamlakatdagi harbiy ishtirokini yakunlashga qaror qilgan", deya xabar bermoqda telekanal.

So‘nggi vaqtlarda AQSh kuchlari Suriyadagi ayrim harbiy bazalar, jumladan, Al-Tanf va Ash-Shadodiydan olib chiqilgan edi. Ushbu bazalar ISHIDga qarshi xalqaro koalisiya faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Shuningdek, taxminan 3000 nafar ISHID jangarilari Suriya qamoqxonalaridan Iroqdagi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Kiritildi: Bugun 16:32. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!