Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan Afinaga uyushtirgan davlat tashrifi davomida yoniq qolgan mikrofon tufayli noqulay ahvolda qoldi.
Ushbu voqea Gresiya prezidenti Konstantinos Tasulas tomonidan tashkil etilgan tantanali tushlik paytida yuz berdi.
Mikrofon yoniq ekanligini sezmagan Xachaturyan, hamkasbidan keyin darhol chiqish qilishi kerakmi yoki yo‘qligini so‘radi va keyin hazillashib: "Bu bechora odamlarni och qoldirib o‘tiribmiz", — dedi.
Mikrofon yoniqligi haqidagi ogohlantirishdan so‘ng, Armaniston yetakchisi rasmiy nutqini boshladi va Gresiya tomoniga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik kengayib borayotganini ta’kidladi.