"Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda", deya xabar berdi NBC News jurnalistlariga Pentagonning ikki manbasi va Oq uydagi yuqori martabali rasmiy.
Manbalar hozircha Eronni javobi Qo‘shma Shtatlarning yadroviy inshootlarga uyushtirgan bombardimonlariga javoban AQShning xorijdagi ob’ektlariga, mamlakatning ichki hududlariga yoki har ikkala yo‘nalishga bir vaqtning o‘zida qaratilishini aniqlash mumkin emasligini ta’kidlashgan.
Qo‘shma Shtatlarning xorijdagi harbiy bazalari so‘nggi bir necha oy davomida maksimal jangovar tayyorgarlik holatida bo‘lgan, biroq 13 iyun kuni Isroilning Eronga qarshi zarbalari boshlaganidan keyin hujumlar ehtimoli bo‘yicha xavotir yanada kuchaygan.