Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh xorijda ishlab chiqarilgan dronlarni olib kirishni taqiqladi

AQSh xorijda ishlab chiqarilgan dronlarni olib kirishni taqiqladi

AQSh xavfsizlikka tahdidlar tufayli mamlakatga xorijda ishlab chiqarilgan dronlarni olib kirishni taqiqladi. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.

Qo‘shma Shtatlar Federal aloqa komissiyasi josuslik va ma’lumotlar sizib chiqishi xavfini ro‘kach qilib, barcha yangi xorijiy uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) va ularning butlovchi qismlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi, deya xabar bermoqda nashr.

Qayd etilishicha, taqiq faqat yangi dronlarga tegishli, AQShda allaqachon foydalanilayotgan dronlarga cheklov kiritilmaydi.

Bu qaror dunyo dron bozorining 90 foizdan ortig‘ini egallagan Xitoyning DJI kompaniyasi uchun qattiq zarba bo‘ladi.

Kiritildi: 21:46 23.12.2025. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!