Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Xitoydan bojlarni kamaytirish uchun murosaga kelishni talab qilmoqda

AQSh Xitoydan bojlarni kamaytirish uchun murosaga kelishni talab qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp XXR uchun boj stavkalarini bir tomonlama pasaytirish niyatida emas, Pekin murosaga kelishi zarur.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Prezident o‘z nuqtai nazarida qat’iy turibdi. U Xitoyga nisbatan bojlarni bir tomonlama pasaytirish niyatida emas. Biz ularning murosaga kelishini ko‘rishimiz kerak," - dedi u.

Shunday qilib, Livitt jurnalistning so‘roviga ko‘ra, Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi e’lonini sharhladi. Unda Tramp Xitoyga nisbatan import bojlarini 80 foizgacha pasaytirish mumkinligini ta’kidlagan. Hozirda AQShning XXR tovarlariga qo‘yilgan umumiy bojlari 145 foizni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:45 09.05.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!