AQSh Davlat departamenti vakilining fikricha, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik davom etishi AQSh va boshqa mamlakatlar xavfsizligi va farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Rossiya va Xitoy “tegishli davlatlar”ni bir tomonlama sanksiyalar va kuchli bosimdan, shuningdek, Shimoliy-Sharqiy Osiyoni harbiylashtirish va u yerda mojaro qo‘zg‘atish kursidan voz kechishga, Koreya yarimorolidagi keskinlikni kamaytirish choralarini ko‘rishga chaqiradi.
AQSh rasmiysi, shuningdek, “Xitoyning Ukraina mojarosi vaqtida Rossiya mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlagani”ni ham qayd etdi.