AQSh vise-prezidenti Vens Putin haqida iliq fikr bildirdi va Ukraina hududlaridan voz kechishi mumkinligini aytgan Uitkoffni himoya qildi.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoffning intervyusi jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida ijobiy fikr bildirgan va Ukraina Rossiyaga hududlarini berishi mumkinligini taxmin qilgan.
"Stiv Uitkoff zo‘r yigit, u ajoyib ishlar qilmoqda. Uni tanqid qilayotgan odamlar esa 40 yil davomida muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun hozir hasaddan qiynalmoqda. Aslida, diplomatiyadagi eng muhim narsa axmoq bo‘lmaslik ekan", – deb yozdi Vens ijtimoiy tarmoqda.
Uitkoffning intervyusidan so‘ng Ukraina Oliy Radasi deputatlari uni Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatishni talab qildi. Ukrainalik qonunchilar Uitkoffni Rossiya propagandasini tarqatishda ayblashmoqda.