AQSh vise-prezidenti Djey Di Vens Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy bilan uchrashdi.
Badr al-Busaidiy bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Suhbatimiz davomida men Djey Di Vensga AQSh va Eron o‘rtasida davom etayotgan muzokaralar tafsilotlari, shuningdek, bugungi kungacha erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdim", deb ta’kidladi Ummon tashqi ishlar vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kelgusi kunlarda yanada muhim va hal qiluvchi yutuqlar kutilmoqda: "Tinchlik bizning qo‘limizda".