Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Ukrainaning muzokaralardagi pozisiyalarining aniq tafsilotlarini oldi va ular ustida ishlamoqda.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Nihoyat, biz tafsilotlarni oldik. Ular ustida ishlayapmiz, lekin hali hammasini o‘ylab ko‘rganimiz yo‘q", - dedi u.
"Ukraina Rossiya o‘z hududiga boshqa bostirib kirmasligini bilishni istaydi. U kelajakda o‘zining hududiy yaxlitligiga ishonch hosil qilishni istaydi. Ruslar ma’lum hududlarni istaydi, ularning aksariyatini allaqachon egallab olgan, biroq ba’zilarini egallamagan. Muzokaralarning mohiyati shundan iborat", - deya qo‘shimcha qildi Vens.