Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh va Yaponiya o‘rtasida import tariflari muzokaralari to‘xtab qoldi

AQSh va Yaponiya o‘rtasida import tariflari muzokaralari to‘xtab qoldi

Vashington va Tokio barcha yapon tovarlariga AQSh import tariflarini pasaytirish bo‘yicha kelishuvdan yiroq, deb yozadi Nikkei gazetasi.

"Hozirgi bosqichda tomonlar erishishi mumkin bo‘lgan kelishuv mazmuni ko‘zga tashlanmayapti," - dedi Yaponiya iqtisodiyotini tiklash vaziri Ryoshei Akazava.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tokio avtomobillar va boshqa yapon tovarlariga yuqori tariflar saqlanib qoladigan kelishuvni qabul qilmoqchi emas.

Nashr eslatishicha, Akazava Vashingtondan endigina qaytgan, u yerda AQSh vakillari bilan tariflar masalasida muzokaralar olib borgan.

Kiritildi: 16:21 04.05.2025. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!